Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida jo‘ja ortilgan yuk mashinasi halokatga uchradi va ag‘darilib ketdi. Natijada minglab jo‘jalar okrug bo‘ylab har tomonga tarqalib ketdi, deb yozadi “Nur.kz”.
YTH natijasida mashinaga zarar yetdi va parrandalar tashqariga chiqib ketdi.
Yaqin-atrofdagi qishloqlar aholisi hodisadan foydalanib, politsiyachilar taqiqlariga qaramay, jo‘jalarni tutib, uylariga olib keta boshladi.
Hattoki o‘tkinchi mashinalar haydovchilari ham jo‘jalarni tutishda qatnashdi. Natijada jonli yuk egasi 7800 dollar zarar ko‘rdi.
Izoh (0)