Virjiniyalik jurnalistlar qotili o‘z joniga qasd qilib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Sky News ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Eslatib o‘tamiz, WDBJ7 telekanalining 24 yoshli jurnalisti Elison Parker va 27 yashar operator Adam Uord 26-avgust, chorshanba kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida otib tashlangan, intervyu berayotgan mahalliy amaldor ayol esa yaralangandi.
Qotil marhumlarning hamkasbi, mazkur telekanal xodimi Vester Flanigan bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)