Xitoy Xalq Respublikasi politsiyasi Tyanszin shahridagi kuchli portlash va yong‘in haqidagi ish bo‘yicha 12 kishini hibsga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” Xinhua agentligiga tayanib.
Xususan, huquqni muhofaza qilish organlari portlab ketgan omborga egalik qiluvchi “Juyxay” kompaniyasi boshqaruv raisi Yuy Syuevey va uning o‘rinbosari Dun Shesyuan qo‘lga olinganini rasman tasdiqladi. Ularga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar hozircha oshkor etilmayapti.
Izoh (0)