Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada joriy etilgan eng yuqori jangovar tayyorgarlik darajasini pasaytirdi, ammo chegarachilarning shayligi odatiydan yuqoriligicha qoladi. KXDR ham shunday yo‘l tutmoqda. Bu haqda Renxap agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Eslatib o‘tamiz, 24-avgust, dushanba kuni ikki qo‘shni mamlakat uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng kelishuvga erishdi: Shimoliy Koreya chegarada mina portlagani uchun kechirim so‘rashga, Janubiy Koreya esa KXDRga qarshi eshittirishlarni to‘xtatishga rozi bo‘ldi.
Qo‘shma bayonotda Pxenyan mamlakatdagi yarim harbiy holatni bekor qilishi ham ma’lum qilingan.
Izoh (0)