Yamanning janubiy poytaxti hisoblangan Adan shahrida 20-avgust, payshanba kuni kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Qayd etishlaricha, portlovchi qurilma mahalliy ma’muriyat binosi oldida ishga tushirilgan. Terakt ortida kim turgani haqida hozircha axborot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil martidan beri Yamanda arab mamlakatlari koalitsiyasining isyonchi xusiylarga qarshi harbiy operatsiyasi davom etmoqda.
Jumladan, iyul oyida ittifoqchi kuchlar Adandan isyonchi xusiylarni siqib chiqardi va bu ularning dastlabki yirik muvaffaqiyati bo‘ldi.
Izoh (0)