Burundining uchinchi muddatga qayta saylangan prezidenti Pyer Nkurunziza 20-avgust, payshanba kuni qasamyod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Prezident ma’muriyatidan ma’lum qilishlaricha, Nkurunziza “besh yil muddatga yangi lavozimni bajarishga kirishgan”. Agence France-Presse agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, marosim haqida oldindan xabar berilmagan.
May oyi boshida Burundida, bir necha haftalik norozilik namoyishlaridan so‘ng, davlat to‘ntarishiga urinish yuz bergandi. Aholi noroziligiga prezident Pyer Nkurunzizaning uchinchi muddat uchun o‘z nomzodini qo‘yish qarori sabab bo‘lgandi. Muxolifatning fikricha, bu holat konstitutsiyaga zid.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, uning birinchi prezidentlik muddati qonun bo‘yicha hisobga olinmaydi, chunki o‘shanda u parlament tomonidan saylangandi. Mamlakat konstitutsiyaviy sudi Nkurunzizaning uchinchi muddat uchun o‘z nomzodini qo‘yish qarorini qonuniy deb topgandi.
Izoh (0)