Gretsiya ma’murlari Yevropa markaziy bankiga oldingi moliyaviy yordam doirasida navbatdagi transhni o‘tkazib berdi. Bu haqda hukumat manbalariga asoslanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
20-avgust, payshanba kuni Gretsiya Yevroittifoqdan 13 milliard yevro miqdoridagi birinchi transhni oladi. Bungacha yevrohududdagi barcha mamlakat parlamentlari Gretsiyaga 86 milliard yevro miqdoridagi yangi moliyaviy yordamni ma’qullagan edi.
Izoh (0)