Hindistonning Kalkutta shahrida politsiya mahalliy muhandisga pora sifatida berilgan naqd pulni mashinada sanab chiqishga 21 soat sarfladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Bunga uchta pul sanash mashinasi jalb etildi.
Gumondagi pora hajmi jami 3,2 million dollarni tashkil etdi. Uni mahalliy hukumatdan buyurtma qabul qiluvchi muhandisga berishgan. Ayni paytda u o‘z o‘g‘li bilan birga hibsga olingan. O‘g‘lining bu ishdagi roli ma’lum qilinmayapti.
Politsiyaning aksilkorrupsiya bo‘linmasi naqd pullarni muhandisning uyidagi yostiq, matras, divanlar ichidan, shift va devor oralaridan, hattoki sovitgichdan ham topgan.
Izoh (0)