Fransiyaning Hind okeanidagi Reyunyon oroli sohillarida jomadon topildi, deya xabar bermoqda “RBK”. Uni Boeing 777 samolyoti qanotining bir qismiga o‘xshash buyum topilgan joyda aniqlashdi.
Titilib ketgan jomadon 30-iyul, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da mahalliy xizmatchi tomonidan topib olindi. Uni tergovchilarga topshirish uchun politsiya olib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reyunyon orolidan samolyot qanotining parchasi topilgan va mutaxassislar u bir yil avval yo‘qolgan Boeing 777 samolyotiga tegishli ekanligiga ishonch bildirgan edi.
Izoh (0)