Avstraliyaning shimoli-sharqiy sohilbo‘yida 30-iyul, payshanba kuni keyingi 80 yil mobaynida mamlakat tarixidagi eng kuchli —5,3 magnitudali zilzila bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DPA agentligi Geoscience Australia milliy geologiya xizmatiga asoslanib, ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Zilzila 15 soniyadan ikki daqiqagacha davom etgan, yerosti silkinishlarining markazi Kvinslend shtati sohilbo‘yidan 100 kilometr uzoqda, 30 kilometr chuqurlikda joylashgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatidagi vayronagarchiliklar haqida xabarlar berilmagan.
Izoh (0)