Meksikaning Sakatekas shtatidagi Masapil shaharchasida og‘ir yuk mashinasining ziyoratchilar guruhiga kelib urilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohatlandi. Bu haqda shaharcha meri Visente Peres Eskivel ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgan va Masapil shaharchasidagi ko‘chalardan birida diniy marosimga ketayotgan ziyoratchilarga kelib urilgan. Haydovchi voqea joyidan yashiringan, uni qidirishmoqda.
Shaharchaga hatto qo‘shni Koauila shtatidan ham qutqaruvchilar yetib keldi, jarohatlanganlar kasalxonalarga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)