AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 5,4 milliard dollar qiymatidagi Patriot Advanced Capability-3 rusumli boshqariladigan zenit raketalari sotilishini ma’qulladi. Bu haqda Pentagon ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Qurol-yarog‘ni Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi yetkazib beradi. Ushbu kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, mazkur texnika ayni paytda Germaniya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh, Tayvan va Yaponiya Qurolli kuchlarida ishlatilmoqda.
Amerika tashqi siyosiy mahkamasi Saudiyaga mamlakat piyoda qo‘shinlari uchun 500 million dollarlik o‘q-dorilar sotilishini ham ma’qullagan.
Izoh (0)