Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qrimning Belogor tumanidagi “Taygan” safari-bog‘ida uchta urg‘ochi sher tashrifchilar ko‘z o‘ngida timsohni yeb qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: krymr.com

Foto: krymr.com

Guvohlar aytib berishicha, timsohlar sherlar bilan yonma-yon joylashgan hovuzda yashaydi. Timsohlardan biri hovuzdan chiqishi bilan, unga bir nechta arslon hujum qilib qolgan. Ular timsohni tezgina yeb bitirgan, keyinroq ularga boshqa sherlar ham qo‘shilgan.

Safari-bog‘ direktori Oleg Zubkov ushbu voqea haqiqatda bo‘lib o‘tganini tasdiqladi va bu mutlaq tabiiy hol ekanligini aytdi. “To‘g‘ri, afsuslansa arziydi, timsoh uch ming dollar turadi… Lekin nachora, buni tabiat deb qo‘yishibdi”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda politsiyachi o‘z hamkasbini boshidan otib qo‘ydi
Mahalliy
UMS 7 mlrd so‘mlik tenderda 1 tiyin arzonroq narx taklif qilgan korxona g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi