Olimlar aniqlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatlari haqida turli yo‘llar bilan ma’lum qiladigan kishilar mustahkam va barqaror juftlikka aylanadi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Viskonsin-Medison universiteti dotsenti Katalina Toma juftliklarning haqiqiy hayotda va ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zaro munosabatlarini tekshirib ko‘rdi. Olim ularning aloqalari tarixini o‘rganish uchun See Friendship dasturidan foydalandi, shuningdek, ulardan maxsus so‘rovnomani to‘ldirishni so‘radi.
Toma ta’kidlashicha, Facebook’da o‘z-o‘zini namoyish etish xususiyati to‘yga o‘xshaydi: kishilar munosabatlari haqida barchaga bildirib, uning mavjudligini atrofdagilar uchun ham, o‘zlari uchun ham tasdiqlab qo‘yishga intiladi.
Izoh (0)