KXDRning Xitoydagi elchisi Chi Che Ryon 28-iyul, seshanba kuni Pxenyan AQSh bilan o‘z yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlamoqchi emasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“KXDR o‘z yadro dasturini muhokama qilish bo‘yicha muzokaralarga umuman qiziqqani yo‘q. KXDR — har jihatdan yadro davlati”, — dedi elchi Shimoliy Koreyaning Pekindagi elchixonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. U KXDR raketaga yadroviy kallaklarni o‘rnatishga qodir ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
Shuningdek, Shimoliy Koreya elchisi AQSh va Janubiy Koreyani yaqin vaqtlarda Koreya yarim orolida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamkorlikdagi an’anaviy harbiy mashg‘ulotlarni bekor qilishga chaqirdi.
Izoh (0)