Qarag‘andi viloyati bo‘yicha maxsus tumanlararo sudda Qozog‘iston hukumatining sobiq rahbari Serik Axmetov ishi bo‘yicha dastlabki eshitish boshlandi, deya xabar bermoqda “Kursiv” nashri.
Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari sobiq bosh vazirni 2,4 million dollar pora olganlikda gumon qilmoqda.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Axmetov, shuningdek, Qarag‘andi viloyati va Qarag‘andi shahrining qator sobiq rahbarlari mansabini suiiste’mol qilish, byudjet mablag‘larini o‘marish va tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanishda gumonlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Serik Axmetov Qarag‘andi viloyati ma’muriyati rahbari, Qozog‘iston bosh vaziri va oxirgi paytda mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)