Rossiya Federatsiyasi Bosh razvedka boshqarmasining joriy yil mayida Donbassda ukrain harbiylari tomonidan asirga olingan jangchilari Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeyev “Donetsk xalq respublikasi” va “Lugansk xalq respublikasi”da asirda bo‘lgan Ukraina harbiy xizmatchilariga ayirboshlandi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Rossiya kuch tuzilmalariga tayanib.
“Ularni bir necha kishiga almashtirishdi, ular orasida ukrainalik fuqarolar ham, Ukraina tarafida jang qilgan boshqa mamlakatlar fuqarolari ham bor edi. Qo‘shimcha qilishim zarur, bizning yigitlarimiz asirlikda og‘ir qiynoqlarga uchradi”, — dedi nashr suhbatdoshi.
Rossiya mudofaa vazirligi voqeani izohlaganicha yo‘q. Maxsus operatsiyaning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.
Izoh (0)