Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Malayziya Boeing’ining Donetsk yaqinida halokatga uchrashi haqidagi ish bo‘yicha xalqaro tribunal tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiya BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan bo‘lsa, ushbu rezolyutsiyaga veto qo‘yishga va’da berdi, deb yozadi Meduza.
“Biz qarshi ovoz beramiz. Bunga shubham yo‘q. Agar rezolyutsiya to‘qqiz yoki undan ortiq ovoz to‘plasa, veto qo‘yamiz”, — dedi doimiy vakil.
BMT Xavfsizlik kengashi Ukraina sharqida halokatga uchragan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti bo‘yicha xalqaro tribunal tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini 29-iyul kuni ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha Malayziya, Avstraliya, Niderlandiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Ukraina singari davlatlar tashabbusi bilan ilgari surilgan bo‘lib, Rossiya tomonidan tanqidlarga uchramoqda.
Izoh (0)