Istanbulda namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar chog‘ida bir politsiyachi otib o‘ldirildi. Bu haqda Agence France Presse ma’lumotiga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Politsiyachi Muhammad Fotih Sivri namoyish qatnashchilaridan birini ushlamoqchi bo‘lganida ko‘kragiga o‘q uzilgan. Uni darhol kasalxonaga jo‘natishdi, ammo olgan jarohatlari og‘irligi tufayli politsiyachi hayotdan ko‘z yumdi.Uch kundan beri Istanbulda norozilik namoyishlari davom etmoqda: ular 24-iyul, juma kuni politsiya reydi davomida siyosiy guruh ishtirokchisi bo‘lgan ayol halok bo‘lgach, boshlangan. Namoyishchilar politsiyaga tosh va Molotov kokteyli uloqtirdi, ular esa shiddatli suv oqimi, plastik o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob qaytardi.
Izoh (0)