Yaponiya poytaxti yaqinida joylashgan Tyofu aeroporti atrofidagi uyga Piper Pa-46 rusumli besh o‘rinli yengil samolyot qulashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, besh kishi esa jarohatlandi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlarning ikki nafari qulagan samolyot bortida bo‘lgan, uch yo‘lovchi omon qolgan. Undan tashqari, hodisa ro‘y bergan paytda uyda bo‘lgan ayol ham hayotdan ko‘z yumgan. Bir uy va ikki avtomobil yonib ketgan, yana to‘rtta bino shikastlangan.
Favqulodda vaziyat hududida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda. Samolyot bo‘laklarga bo‘linib ketgan, undan faqat dum qismigina qolgan. Halokat sabablari hozircha aniqlanmadi.
Izoh (0)