Rossiyaning Sevastopol shahrida 30 dan ortiq kema va 35 ta samolyot ishtirokida an’anaviy dengiz namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Exo Moskvi” radiosi xabar berdi.
Ushbu namoyishda qatnashganlar havola qilgan tasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, “Ladniy” qo‘riqchi kemasi tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar davomida otilgan raketa to‘satdan yo‘nalishini o‘zgartirib, qismlarga bo‘linib ketgan.
Qora dengiz floti vakillari mazkur hodisaga hozircha izoh bergani yo‘q.
Izoh (0)