Polshada NATOning doimiy bazalari bo‘lmaydi. Bu haqda, “RIA Novosti”ning xabar berishicha, AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo mamlakatlari ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Jon Xeffern ma’lum qildi.
“NATOning kelasi yil iyulda Varshavada bo‘ladigan sammitida Polshaga NATOning doimiy bazalarini joylashtirish masalasida qaror qabul qilinmaydi”, — dedi Xeffern.
Qayd etish joiz, Polsha rahbariyati mamlakat hududiga NATO harbiy bazalarini doimiy asosda joylashtirish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Ayni vaqtda, amerikalik diplomat rasmiy Vashington Polsha hududida AQSh harbiylarining “vaqti-vaqti bilan bo‘lib turishini” qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. “Biz Polshada qancha zarur bo‘lsa, shuncha vaqt bo‘lamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Xeffern.
Izoh (0)