Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik qizchaning unga kuchukcha sovg‘a qilish haqidagi iltimosini e’tiborsiz qoldirmadi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.

Foto: u-f.ru

Foto: u-f.ru

Baliqchilik o‘n yoshli Dasha Yaitskaya may oyida Putinga xat yozib, unga nyufaundlend zotidagi kuchukchani hadya etishni so‘ragan edi. Yaqinda esa qizning onasiga Rossiya elchixonasidan qo‘ng‘iroq qilishib, quvonchli xabarni bildirishdi: qizcha o‘zi istagan kuchukchani sovg‘a sifatida oladi.

Yarim yoshli nyufaundlend kuchukchasi Qozog‘istondan Bishkekka yetkazib berildi. Ayni paytda u Rossiya elchixonasida yashab turibdi. Kuchukcha 23-iyul kuni Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi tomonidan Dashaga topshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi