Hindiston sharqidagi Assam shtatida oxirgi o‘n kun mobaynida kamida 13 kishi yapon ensefaliti (bosh miya yallig‘lanishi) virusi qurboni bo‘ldi. Bu haqda shtat jamoat sog‘lig‘ini saqlash va oilani himoya etish boshqarmasi boshlig‘i Mobibur Rahmon ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Uning aytishicha, shifokorlar tomonidan ana shu vaqt oralig‘ida asosan qishloq joylarida 30 dan ziyod xastalikka chalinish holatlari qayd etilgan. O‘lganlar va kasallik yuqtirib olganlar orasida bolalarning ko‘pligi jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Hindistonda hasharotlar tomonidan yuqtiriladigan bu virus o‘choqlari asosan Assam va Uttar-Pradesh shtatlarida joylashgan. Yuqumli kasalliklar milliy instituti ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi 30 yil mobaynida ikkala shtatda yapon ensefaliti tufayli 100 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)