Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilaridan biri Amerikaning Nyu-York shahridagi Bruklin tumanida o‘zbek taomlari tayyorlanadigan “Alladin” restorani ochilganini ma’lum qildi.
Postni qoldirgan foydalanuvchi ovqatlar xuddi “Milliy taomlar” tarmog‘idagi kabi mazali ekanligini, chunki ular o‘zbeklar tomonidan tayyorlanganini, narxlar esa cho‘ntakbop ekanligini qayd etgan. “Alladin” restoranining sayti ham postda yozib qoldirilgan: http://alladinrestaurant.com.
Restoran saytida taomlarning narxlari keltirib o‘tilgan — norin 7 dollar, qovurilgan tovuq 10 dollar, lag‘mon, palov va manti 8 dollardan, kaboblar 4 dan 7 dollargacha, non 3 dollar, achchiq-chuchuk salati, sho‘rva, chuchvara 6 dollardan, kompot 1,5 dollar, somsa 2,5 dollar.
Izoh qoldirgan foydalanuvchilar Nyu-Yorkda “Qashqar”, “Padishah”, “Nargiz” va “Choyxona Salom” kabi o‘zbekcha restoranlar ham borligini ta’kidlagan.
Izoh (0)