Gabonning Fransiyadagi elchixonasi mamlakat hukumati “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga 3,5 million yevro to‘laganini rad etdi, deb xabar qiladi “Championat.com”.
Oldinroq France Football nashri Messining Port-Jantilda qurilayotgan stadionning birinchi g‘ishtini qo‘yish marosimida ishtirok etgani uchun 3,5 million yevro miqdorida pul olganini xabar qilgandi. Messining tashrifini Gabon prezidenti Ali ben Bongo Ondimba bilan yaqin tanish bo‘lgan “Antalyaspor” hujumchisi Samuel Eto’O uyushtirdi.
“Gabon Respublikasi Messiga pul bergani yoki bermoqchi ekanligini qat’iyan rad etadi”, — deyiladi Gabonning Fransiyadagi diplomatik xizmati bayonotida.
Izoh (0)