Shveysariya prokuraturasi FIFA rahbari vazifasini bajaruvchi Yozef Blatter ustidan dollar sochgan britaniyalik qiziqchi Saymon Brodkinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘adi, deya xabar bermoqda T-Online.
Ish “Bezorilik” moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Aktyorning o‘zi ayni paytda Shveysariya politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
20-iyul, dushanba kuni Brodkin Blatter ishtirokidagi matbuot anjumaniga xalaqit bergan edi. FIFA prezidenti anjuman zalida paydo bo‘lishi bilan, qiziqchi bir dasta qalbaki dollar kupyurasini stol ustiga qo‘yib, o‘z xatti-harakati sababini tushuntira boshlagan. Brodkin so‘zlariga ko‘ra, bu futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish istagidagi KXDRning porasi bo‘lgan. Soqchilar aktyorni zaldan chiqarib keta boshlagach, u Blatter ustidan yana bir dasta pulni sochib yuborgan edi.
Izoh (0)