Noma’lum kimsalarning uch avtomobildagi yo‘lovchilarga o‘q uzishi oqibatida Meksikaning shimoliy shtati Durangoda kamida 11 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohatlandi. Ma’murlarning ma’lum qilishicha, hujum qilganlar yashirinishga ulgurgan va ularni qidirish hozircha natija keltirgani yo‘q. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avtomobillarda Sapioris qishlog‘ida istiqomat qiladigan fuqarolar bo‘lgan. Ulardan besh nafari Durango shahar kasalxonasiga yotqizilgan bo‘lib, biri o‘ta og‘ir holatda.
Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)