Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp nufuzli senator Jon Makkeynni omma oldida haqorat qilgani uchun kechirim so‘rashdan bosh tordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: comments.az

Foto: comments.az

Janjal bir necha kun avval ro‘y berdi: saylovchilar oldidagi chiqishi chog‘ida Tramp Vyetnamda jang qilgan Makkeynni qahramon deya hisoblamasligini ma’lum qilgan va bunga sabab sifatida uning asirlikka tushganini ko‘rsatgan. “Men asirlikka tushganlarni qahramon deb hisoblayman”, — deya so‘zamollik qilgan milliarderdan ABC telekompaniyasi boshlovchisi uzr so‘rash-so‘ramasligini bilmoqchi bo‘lganida u “Mutlaqo”, — deya javob bergan.

Senatda qurolli kuchlar qo‘mitasini boshqaradigan senator Makkeyn o‘ziga nisbatan bo‘layotgan bu xurujlarni e’tiborsiz qoldirishni ma’qul ko‘rdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda politsiyachi o‘z hamkasbini boshidan otib qo‘ydi
Mahalliy
UMS 7 mlrd so‘mlik tenderda 1 tiyin arzonroq narx taklif qilgan korxona g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi