Tojikiston hukumati mamlakatda faoliyat olib borayotgan barcha OAVlarga “Xovar” milliy axborot agentligini manba qilib ko‘rsatish majburiyatini yukladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti.ru”. Agentlik esa o‘z navbatida barcha rasmiy press-relizlar va respublika davlat organlari bayonotlarini qabul qilib oladi.
Hukumat majlisining mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tomonidan imzolangan rasmiy bayonnomasida aytilishicha, barcha davlat idoralari o‘z xabarlari va press-relizlarini “Xovar” milliy axborot agentligiga yuborishi kerak, boshqa OAVlar esa rasmiy axborotdan endi faqat ushbu nashrga manba ko‘rsatgan holda foydalanishi mumkin.
Bayonnomada aniqlik kiritilishicha, gap hukumat majlislari, prezidentning xizmat safarlari, jumladan, Tojikiston delegatsiyasi yoki rasmiy shaxslari ishtirokidagi xorijiy va xalqaro tadbirlar bo‘yicha xabarlar haqida bormoqda.
Izoh (0)