Nyu-yorklik to‘rt yoshli Ebbi ismli qizcha o‘tkir limfoblast leykozi — leykemiyaning asosan bolalarda uchraydigan shakliga chalingan, deya xabar bermoqda “Adme.ru”.
Og‘ir kasallikka qaramay, qizcha doim yaxshi kayfiyatda yurishga harakat qiladi. Hatto, u kasalxonada davolanayotib, o‘zi bilan inoqlashib qolgan tibbiy og‘a (medbrat)ga turmushga chiqishga qaror qildi. Bu qarorini onasiga aytgach, u yigit bilan bog‘landi va keyingi safar shifoxonaga borganlarida “to‘y” qilish haqida kelishib oldi. U ham taklifdan mamnun bo‘lib, “to‘y”ni tashkillashtirishga kirishdi.
Ertasi kuniyoq tibbiy og‘a hamkasblari yordamida “to‘y” uyushtirdi. Ebbi oppoq ko‘ylakchada kelin guldastasini tutgan holda smoking tasvirli futbolka kiygan “kuyov” qarshisida namoyon bo‘ldi. Ular so‘rg‘ich shaklidagi uzuklarni bir-biriga taqib qo‘ydi.
Bu kun Ebbi uchun unutilmas bo‘lib qoladi, tibbiy og‘a esa qizcha uchun og‘ir bo‘lgan kunlarda biroz bo‘lsa-da, uning ko‘nglini ko‘tara olganidan xursand bo‘ldi.
Izoh (0)