Los-Anjelesda yashin urgan samolyot eson-omon aeroportga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda 18-iyul, shanba kuni CBS telekanali xabar berdi.
Alaska Airlines kompaniyasi samolyoti Los-Anjeles aeroportidan Vashingtonga yo‘l olayotgandi. Uning bortida 159 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Chaqmoq zarbidan so‘ng uchuvchi samolyot shikastlangan bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, ortga qaytishga qaror qildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)