Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti o‘t pufagida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Prezident ma’muriyatidagilar ma’lum qilishlaricha, janob Zumada bu kasallik bundan ikki oy avval tibbiy tekshiruv chog‘ida aniqlangan, biroq davlat rahbarining tig‘iz ish jadvali o‘z vaqtida amaliyot o‘tkazishga imkon bermagan.
Prezident bugunning o‘zida kasalxonani tark etishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)