Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi bir qator kompaniyalarni nohalol ish yuritganlikda gumon qilib, Shanxay fond birjasidagi tekshiruvini boshladi. Tekshiruvga vazir o‘rinbosari Men Sinfen rahbarlik qilmoqda. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytishlaricha, tergovchilar ayrim kompaniyalar fond bozorida savdo qilishda nayranglarga yo‘l qo‘ygani haqidagi dalillarni topgan. Ma’murlar “qimmatli qog‘ozlar sotuvidagi shubhali xatti-harakatlar o‘tgan haftada Shanxayda ro‘y bergan birja bo‘hroniga sabab bo‘lgan”, deya hisoblamoqda.
Izoh (0)