13-iyul, dushanba kuni Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ilk bor o‘tkazilayotgan Ukraina – AQSh investitsiya anjumanida ishtirok etish uchun hukumat delegatsiyasi bilan ushbu mamlakatga keladi. Shuningdek, uning Qo‘shma Shtatlar rahbariyati bilan uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. Bu haqda hukumat axborot va jamoatchilik bilan aloqalar kotibiyatiga asoslanib, “Liga.net” xabar bermoqda.
14-iyul,seshanba kuni Yatsenyuk ishchi tashrif bilan Kanadaga boradi va mamlakat bosh vaziri Stiven Xarper bilan ko‘rishadi. Uchrashuv chog‘ida, jumladan, Ukraina va Kanada o‘rtasida erkin savdo hududi tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash masalasi ko‘rib chiqiladi.
15-iyul, chorshanbada esa hukumat rahbari Buyuk Britaniyaga yo‘l oladi. Bosh vazir Devid Kemeron bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va Ukrainaga Britaniya investitsiyalarini jalb etish imkoniyatlari muhokama etiladi.
Izoh (0)