AQSh maxsus xizmatlari Germaniya sobiq kansleri Shrederni lavozimidan ketgach ham kuzatgani ma’lum bo‘ldi. Bu asosan nemis siyosatdoni oradan hech qancha o‘tmay Rossiya energetika tarmog‘iga ishga o‘tib ketgani bilan bog‘liq. Bu haqda “Bild am zontag” gazetasiga tayanib, “Exo Moskvi” radiosi xabar bermoqda.
Undan tashqari, AQSh milliy xavfsizlik agentligining Shrederga qiziqishiga uning Vladimir Putin bilan do‘stligi ham sabab bo‘lgan, deya hisoblaydi nashr. Shu orqali maxsus xizmat Rossiya prezidenti bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarga yo‘l topmoqchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Shreder salkam 10 yildan beri Rossiya gazini Germaniyaga yetkazadigan gaz quvuri qurgan “Nord strim” kompaniyasi aksiyadorlari qo‘mitasini boshqaradi.
Izoh (0)