Neapol sudi Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonini senatorlarni poraga uchirish ishi bo‘yicha uch yillik qamoqqa hukm qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Avvalroq Neapol prokuraturasi Berluskonini korrupsiya ayblovi bo‘yicha besh yilga qamashni talab qilgan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2007-yilda Berluskoni senatorlarga pora berib, ularni o‘z tomoniga og‘dirib olish orqali, o‘sha paytda Romano Prodi rahbarlik qilgan hukumatning iste’fosiga erishmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)