KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi toshbaqa fermasiga tashrif buyurganidan keyin ushbu xo‘jalik menejeri otib o‘ldirilgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Daily NK gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
“Marshal (Kim Chen In) Pxenyanning Tedongan daryosi bo‘yidagi toshbaqa fermasi bilan tanishish uchun tashrif buyurganidan so‘ng menejerni otib tashlashdi. Barcha hovuzlarda ham yetarlicha ozuqa va suv bo‘lmaganligi, bu esa ko‘plab toshbaqalarning o‘limiga olib kelgani uchun menejer qatl etildi”, — dedi gazetaning KXDRdagi manbasi.
Manbaning tushuntirishicha, fermada suv ta’minotining yaxshi emasligi elektrdagi uzilishlar bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Pxenyan aeroporti yangi terminalining dizayni yoqmaganligi uchun dizaynerni qatl ettirgani xabar qilingandi.
Izoh (0)