BBC korporatsiyasi micro:bit mini-kompyuterini taqdim etdi, uni barcha yettinchi sinf o‘quvchilariga bepul tarqatishmoqchi, deya xabar bermoqda Meduza. 2015-yil kuzida bunday qurilmalarga bir millionga yaqin maktab o‘quvchilari ega bo‘ladi.
Kompyuter to‘rtga besh santimetrli plata bo‘lib, u 25 ta yorug‘lik diodi, ikkita tugma, akselerometr, kompas va magnitometr bilan jihozlangan. Yorug‘lik diodlari yordamida ma’lum bir xabarlarni chiqarish mumkin. Tugmalarni har qanday narsa, jumladan pleyerdagi musiqalarni o‘tkazish yoki o‘yin qahramonini boshqarish uchun dasturlab qo‘yish mumkin.
BBC micro:bit noutbuk, boshqa bir mini-kompyuter yoki boshqa qurilmalarga ulanishi mumkin. U ikkita AA batareyalarida ishlaydi, biroq USB orqali ham quvvat olishi mumkin.
Izoh (0)