Britaniyalik rassom Deyv Linch harakatlanayotgan tasvirni bulutga tushirish imkonini beruvchi qurilma yaratdi, deya xabar bermoqda Gizmodo.
Project Nimbus nomli konstruksiyani “Sessna 172” modelidagi yengil samolyot bortiga joylashtirishdi. Eksperiment chog‘ida qurilma yordamida tasvirlanayotgan chavandoz o‘tirgan ot bulutda 50 metr masofadan aniq-tiniq ko‘rindi.
Kelajakda tadqiqotchilar ushbu texnologiyani yanada mukammallashtirib, uni jonli tasvirlarni yer va suvda turib ham uzata oladigan qilmoqchi.