Italiyaning kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan kompaniyasi ahmoqona parollardan foydalangani ma’lum bo‘ldi
Italiyaning foydalanuvchilar ustidan kuzatuv olib borish vositalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan Hacking Team kompaniyasi xakerlik hujumiga uchradi, deya xabar bermoqda Meduza.
Yovuz niyatlilar Hacking Team’dan 400 gigabayt hajmdagi hujjatlar, kodlar va elektron yozishmalarni o‘g‘irlab, ularni torrentlarga joylashtirdi.
Ular orasidan Hacking Team bosh direktori Kristian Potssining ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-banking xizmatlari va routerlardagi parollari ham joy oldi. Nashr yozishicha, ushbu parollar kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan kompaniya rahbaridan ko‘ra, ko‘proq tajribasiz maktab o‘quvchisiga mos tushadi.
Parollarning ba’zilari quyidagicha ko‘rinishda:
- HTPassw0rd
- Passw0rd!81
- Passw0rd
- Passw0rd!
- Pas$w0rd
- Rite1.!!
Ushbu parollar tufayli kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar kulgisiga sabab bo‘ldi.