O‘zbekiston “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Telegram’da guruh ochdi
O‘zbekiston “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi smartfonlar uchun mo‘ljallangan ommabop Telegram messenjerida EGOV guruhini ochdi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Bu guruhda yangiliklar e’lon qilib boriladi, shuningdek, “E-hukumat” markazi mutaxassislari guruh a’zolarining O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bergan savollariga muntazam ravishda javob berib boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.