Toshkent vaqti bilan 5-iyulga o‘tar kechasi Chili poytaxti Santyagoda futbol bo‘yicha Amerika Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda mezbon – Chili terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi (asosiy vaqtda 0:0 hisobida durang qayd etildi).
E’tiborli tomoni, jahonning to‘rt karra eng yaxshi futbolchisi hisoblangan Lionel Messi o‘z milliy terma jamoasi — Argentina bilan yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Bungacha u 2011-yilgi Amerika Kubogi finalida va 2014-yilgi jahon chempionati finalida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)