Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalistlar bilan suhbat vaqtida uning so‘zini bo‘lib qo‘ygan matbuot xizmati xodimidan jahli chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jurnalistlar Ronaldudan “Real” yarim himoyachisi Serxio Ramosning kelajagi va “Liverpul” sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrardning “Los-Anjeles Gelaksi”dagi istiqboli haqida so‘raganida, matbuot xizmati xodimi futbolchining so‘zini bo‘lib qo‘ygan.
Matbuot xizmati xodimining bu harakati Krishtianu Ronalduning achchig‘ini chiqarib yuborgan. Futbolchining ma’lum qilishicha, shu yo‘l bilan uni noqulay ahvolga tushirib qo‘yishgan.
“Jurnalistlarga nisbatan sovuqqon ko‘rinishimni istaysizmi? Bu sizning ishingiz. Endi men ahmoqqa o‘xshab ko‘rinyapman”, — dedi Ronaldu matbuot xizmati xodimiga murojaat qilarkan.
Qayd etishlaricha, futbolchi baribir matbuot xizmati xodimining ko‘rsatmasiga rioya etib, jurnalistlar bilan muloqotni to‘xtatgan.
Izoh (0)