Litvalik uchuvchi Rolandas Sakalauskas paraplanerchilar o‘rtasida Polshada davom etayotgan jahon chempionatida halokatga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hodisa havo slalomini amalga oshirish vaqtida yuz bergan. Burilishlarning birida Sakalauskasning paraplani boshqaruvni yo‘qotib, 12 metr balandlikdan quladi.
Musobaqa tashkilotchilari va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa uchuvchining xatosi oqibatida yuz bergan.
Sakalauskas zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Izoh (0)