O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 2-iyul kuni Oliy Liga klublari bosh murabbiylari bilan majlis o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati tvitteriga tayanib, “Uff.uz” xabar berdi.
“Yozda oliy liga o‘yinlarini 20:00 dan keyin qilib belgilash kerak. O‘yinni 18:00 da boshlash muxlislarga nisbatan o‘ta adolatsizlik!”, — dedi Samvel Babayan.
Samvel Babayanning qo‘shimcha qilishicha, “biz hammamiz – klublar, murabbiylar, muxlislar, hamma-hamma terma jamoa atrofida birlashishimiz kerak”.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Liga murabbiylari bilan yig‘ilish davomida Samvel Babayan asosiy niyati O‘zbekiston milliy termasini JChga olib chiqish ekanligini aytgandi.
Izoh (0)