Danni Blind 1-avgustdan boshlab Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi Blind bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Danni bungacha hafta avvalida iste’fo bergan Gus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Aslida Blind Xiddinkning o‘rnini Yevro-2016 dan so‘ng egallashi kutilayotgandi. Lekin saralash bahslaridagi qoniqarsiz natijalar sabab Xiddink muddatidan oldinroq iste’foga chiqarildi.
Gus boshchiligida gollandlar o‘tkazilgan 10 ta uchrashuvdan atigi 4 tasida zafar quchdi. Gollandiya terma jamoasi Blind boshchiligidagi ilk uchrashuvni 3 sentabr kuni guruh peshqadami Islandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)