Estoniya Kubogining 1/64 final bosqichida chempionatning oliy ligasi vakili raqibini tor-mor keltirdi, deb xabar beradi “Vesti.kz”.
Estoniya kubogining o‘tgan yilgi finalchisi “Payde” jamoasi “Raudteetoolised” jamoasi darvozasiga javobsiz 31 ta to‘p kiritdi.
Birinchi taymning o‘zidayoq mezbonlar 19 ta gol kiritdi, ikkinchi taymda esa 12 marta raqib posbonini ranjitdi. Jamoaning ikki futbolchisi 9 tadan gol urdi, “Payde” darvozaboni ham penaltidan bitta to‘p kiritdi.
Estoniya kubogining ilk bosqichlarida bu kabi yirik hisoblar noodatiy hol hisoblanmaydi. Oldinroq “Infonet” va “Virtsu” jamoalari o‘rtasidagi bahsda 36:0 hisobi, “Kurresaare” hamda “Rapla Lokomotiv” ishtirokidagi o‘yinda esa 20:0 hisobi qayd qilingandi.
Izoh (0)