Lionel Messi Kopa Amerika musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan Argentina – Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Messi 6:1 hisobida argentinaliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan mazkur o‘yinda gol kiritmagan bo‘lsa ham, uchta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, finalda Argentina terma jamoasi musobaqa mezboni Chiliga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahs 4-iyul kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)