Buyuk Britaniyaning London shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, yilning to‘rtta nufuzli musobaqasidan uchinchisi hisoblangan “Uimbldon” turnirining asosiy to‘r birinchi davra bahslari davom etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Shanba, 27-iyun kuni Nottingemdagi turnirda bosh mukofotni qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin 30-iyun kuni “Uimbldon” musobaqasidagi ishtirokini boshladi. Afsuski, ilk davra uchrashuvida Istomin ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Dastlabki setni 2:6 hisobida boy bergan o‘zbekistonlik tennischi ikkinchisida ham xuddi shu hisobda yutqazdi. Uchinchi setning beshinchi geymidan keyin Istomin kurashni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik tennischi dunyo reytingida 65, Istomin esa 62-o‘rinni egallab turibdi. Ramos Nottingem turnirining birinchi bosqichida koreyalik Xyon Chonga 4:6, 6:7(6) hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)